«Sayqal Classic» soju

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilgan ilk soju.

«Sayqal Classic» - O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda «PREMIUM UZBEKISTAN» MChJ tomonidan rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqarilgan ilk tabiiy soju. Mahsulot an’anaviy koreys sojusi konsepsiyasi va original ta’m retsepturasi asosida yaratilgan.

Soju - bu shunchaki ichimlik emas, balki avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ko‘p asrlik madaniy an’ananing bir qismidir. Uning timsolida merosga hurmat, koreys madaniyatining o‘ziga xosligi va birlik falsafasi mujassam.

«Sayqal Classic» dizayni uchun qadimgi Koreyaning afsonaviy Xvaranglari - sha’n, qadr-qimmat, an’analarga sadoqat va uyg‘unlikni o‘zida mujassam etgan aslzoda jangchilar obrazi ilhom manbai bo‘ldi. Ularning obrazi avlodlar davomiyligi, madaniyatga hurmat va abadiy qadriyatlarni ramziy ifodalaydi.

«Sayqal»ning klassik talqini sodjuning an’anaviy xarakterini namoyon etib, yumshoq, uyg‘un va muvozanatli ta’mi bilan ajralib turadi. Guruch yormasining spirtli damlamasi retsepturaga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi, limon kislotasi esa ta’m kompozitsiyasini to‘ldiradi.

«Sayqal» - zamonaviylikda mujassam an’analar tarixi.

- Quvvati: 18%

- Hajmi: 375 ml

- Tarkibi: tozalangan ichimlik suvi, «Alfa» navli rektifikatsiyalangan etil spirti, shakar siropi, guruch yormasining spirtli damlamasi, limon kislotasi.

Чтобы продолжить, подтвердите что вам уже исполнилось 21 год