«PREMIUM UZBEKISTAN» MCHJ O‘zbekistonda birinchi bo‘lib soju ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va beshta mahsulotdan iborat o‘zining SAYQAL SOJU turkumini taqdim etdi.
«PREMIUM UZBEKISTAN» MChJ O‘zbekistonda soju ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan va o‘zining SAYQAL SOJU mahsulotlar turkumini taqdim etgan ilk korxona bo‘ldi. Ushbu yangi yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi original retsept ustida olib borilgan ishlar, koreys ichimligi konsepsiyasini o‘rganish hamda zamonaviy ishlab chiqarish yechimlarini joriy etish natijasi bo‘ldi.
SAYQAL SOJU turkumi beshta mahsulotni o‘z ichiga oladi: Sayqal Citrus, Sayqal Classic, Sayqal Mint, Sayqal Luxe Classic va Sayqal Luxe Citrus.
Mahsulotlar turkumining vizual konsepsiyasi koreys estetikasining ikki xil talqiniga asoslangan.
Asosiy SAYQAL seriyasining dizaynida Koreya tarixidagi jangchi tabaqa vakillari bo‘lgan xvaranglar obrazidan foydalanilgan.
Ikkinchi yo‘nalish - SAYQAL LUXE - zamonaviy K-POP uslubida yaratilgan bo‘lib, bugungi vizual madaniyatni yorqin va ifodali grafik yechimlar orqali aks ettiradi.
Mahsulotni ishlab chiqishda an’anaviy koreys sojusining o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy ishlab chiqarish talablariga e’tibor qaratildi.
Mahsulotlar turkumi rossiyalik mutaxassislarning professional tajribasi ishtirokida ishlab chiqilgan o‘ziga xos retseptura asosida yaratilgan.
Ishlab chiqarish «PREMIUM UZBEKISTAN» MChJ korxonasida zamonaviy uskunalar, texnologik yechimlar va ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat nazorati asosida amalga oshiriladi.
Soju ishlab chiqarishni o‘zlashtirish korxona rivojida yangi yo‘nalish ochib, mahsulot portfelini kengaytirishga xizmat qildi.
Ushbu loyiha xalqaro madaniy tajriba, o‘ziga xos mahsulot ishlab chiqish va kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirdi.
SAYQAL SOJU - «PREMIUM UZBEKISTAN» MChJning o‘z ishlab chiqarish loyihasi bo‘lib, korxona tarixida yangi yo‘nalishni boshlab berdi.