«DARMON ORIGINAL» - «DARMON» eksklyuziv turkumining o‘ziga xos retsepturaviy talqini bo‘lib, rossiyalik mutaxassislarning kasbiy yondashuvi va O‘zbekiston milliy estetikasini o‘zida mujassam etadi.
|
|
«DARMON ORIGINAL» - O‘zbekistonning milliy koloritidan, madaniy merosidan va badiiy an’analaridan ilhomlangan rossiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan «DARMON» eksklyuziv aroq turkumining turlaridan biridir. Turkumning asosida rossiyalik mutaxassislarning kasbiy tajribasini o‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashtirishga intilish mujassam. Milliy estetika, detallarga bo‘lgan e’tibor va retsepturalarni ishlab chiqishga alohida yondashuv «DARMON» turkumining o‘ziga xos xarakterini shakllantirgan. Shisha butilka yuzasiga bevosita ishlangan bo‘rtma naqsh bezakda alohida o‘rin tutadi. Uning badiiy yechimi o‘zbek amaliy bezak san’ati an’analariga murojaat qiladi. Yagona naqsh «DARMON» turkumining barcha turlarini birlashtirib, dizayn yaxlitligini saqlaydi, yorliqning individual bezagi esa har bir mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlaydi. «DARMON ORIGINAL» - kasbiy tajriba, milliy badiiy meros va mahsulotni ishlab chiqishga mualliflik yondashuvi yagona uslubda mujassam etilgan turkum konsepsiyasining ifodasidir. - Quvvati: 40% - Hajmi: 0,5 / 0,7 l - Filtrlash: 22 bosqichli tozalash - Tarkibi: «Lyuks» sinfidagi spirt, maxsus tayyorlangan ichimlik suvi, shakar siropi, suli yormasi, mayiz va quritilgan o‘rikning spirtdagi tindirmalari. |