Kumush va ko‘mir bilan 22 bosqichli muzli filtratsiyadan o‘tgan cheklangan (limitlangan) seriyadagi premial aroq. Yuksak soflik, yumshoqlik va chuqur ta’mga ega.

• Quvvati: 40%
• Hajmi: 0,5 / 0,7 l
• Filtratsiya: Kumush va ko‘mir yordamida 22 bosqichli muzli tozalash, 6 oygacha tindirish bilan
Soflik va sifat etaloni
Tarkibi: «Alfa» sinfidagi spirt, maxsus tozalangan ichimlik suvi, shakar siropi, nok va olmaning tabiiy damlamalari, qalampir yalpizining xushbo‘y spirti (Crystal Peak),
kunjut, grechka yormasi va shirin bodom damlamalari (Grey Rock).
Cheklangan (limitlangan) Top Mount aroqlar kolleksiyasi tabiatning bokira qudrati va eng zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari tutashgan tog‘ cho‘qqilarining sofligidan ilhomlanib yaratilgan.

Har bir mahsulot shishasi o‘ziga xos identifikatsiya raqami bilan jihozlangan bo‘lib, bu har bir mahsulot birligining individualligini kafolatlaydi va raqamlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda kuzatib borish imkonini beradi hamda ichimlikning haqiqiyligi va yuqori sifatini tasdiqlaydi.
Ishlab chiqarish asosida dinamik filtratsiyalashning kombinatsiyalashgan jarayoni yotadi, bunda aroq qat’iy nazorat qilinadigan bir nechta tozalash bosqichlaridan o‘tadi. Past haroratlardagi muzli filtratsiya aralashmalarni yo‘qotishga yordam beradi, kumushli filtratsiya soflikni oshiradi va mikrobga qarshi xususiyatlarni ta’minlaydi, ko‘mirli filtratsiya esa chuqur va nozik tozalashni amalga oshiradi. Birgalikda ushbu jarayonlar alohida tiniqlik, yumshoq tekstura va hayratlanarli darajada musaffo ta’mni yaratadi.
Kupajlashga alohida e’tibor qaratiladi — bu muvozanatli va yaxshi strukturalangan ta’m profiliga erishish uchun masalliqlarni mutanosiblashtirishning nozik san’atidir. Nazorat qilinadigan saqlash sharoitida aniq hisoblangan tindirish muddati chuqurlik va boylik bag‘ishlaydi, individual ravishda tanlangan filtratsiya bosqichlari esa har bir komponentning eng yaxshi xususiyatlarini ta’kidlaydi.
Top Mount aroqlar seriyasi — bu haqiqatan ham premial spirtli ichimlik yaratishga qaratilgan tajribali texnologlar va mutaxassislarning sinchkovlik bilan olib borgan mehnati natijasidir. Xomashyoni sinchiklab tanlashdan tortib yakuniy filtratsiyagacha bo‘lgan har bir bosqich qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi, bu esa mukammallik, nozik ta’m va musaffo, nafis xushbo‘ylikni ta’minlaydi.
Liniyadagi har bir ichimlik o‘zining unikal xarakteriga ega. Crystal Peak tabiiy ravishda tetiklashtiruvchi profilni taklif etadi, unda meva notalari va qalampir yalpizi yengillik va yumshoqlik yaratadi, bu uni yengil kokteyllar uchun ham, sof holda iste’mol qilish uchun ham ideal qiladi. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Grey Rock yanada chuqur va murakkab xarakterni namoyon etadi, unda nafis bodom notalari yumshoq kunjut ta’mi bilan tutashib, takrorlanmas va esda qolarli taassurot qoldiradi.