Kompaniya haqida

Har oqshom O'zbekistonning uyquga cho’mgan kengliklari bo'ylab minglab ajoyib yulduzlar yoyiladi

LAZ «PREMIUM Uzbekistan» - tarixni 2021 yildan boshlagan.

«PREMIUM Uzbekistan» - O'zbekistondagi eng yirik alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanishga va uning respublika hududida ham, dunyo miqyosida ham o'z mavqeini dinamik ravishda mustahkamlashga qaratilgan. Bir yilda 3 mln.daldan yuqori texnologiyali aroq ishlab chiqarib, 300 dan ortiq ish o’rinlari bilan ta’minlashga imkon beradi. Ilg'or innovatsion texnologiyalardan va jahon yetakchilarining eng yaxshi uskunalaridan foydalanish esa kuchli alkogol ichimliklarni sifatini oshiradi. indifikatsiya raqamni va quyilgan sanasini lazer bilan belgilash qalbakilashtirib bo'lmaydigan qo'shimcha himoya yaratadi.
LAZ «PREMIUM Uzbekistan» hududida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan rivojlangan infratuzilmaga ega
 - Hajmi 55 ming dalli spirt saqlash joyi
 - Artezian qudug’lari - chuqurligi 150 va 200 metr
 - Ishlab chiqarish xajmi 5m3/s suv tozalash tizimi
 - 22 darajalifiltirlash
 - 6 000 shisha soatiga ishlab chiqarish xajimli 2 avtomatlashtirilgan Evropa quyish liniyalari mavjud, shuningdek 3 000 sh/s ishlab chiqarish xajimli suvenir linayasi mavjud.

Zavod mahsulotlari -qadimgi distirllash an'analarini hurmat qilgan holda zamonaviy texnologiyalarga qat'iy rioya qilib iste'molchilar talabini mukammal bilishni o'zida mujassam etganishlab chiqarish uslubidir.

«PREMIUM Uzbekistan» rivojlanish strategiyasi:

  • PREMIUM Uzbekistan korporativ brendini shakkilashtirish maqsadida, premium mahsulotlarni ishlab chiqarish imidjiga etibor qaratish;
  •  Zavodning ishlab chiqarish va tegishli infratuzilmasini, shu jumladan zavodning do'konlarini yaxshilash;
  •  Ishlab chiqarishda interaktiv va degustatsiya ekskursiyalar dasturini ishga tushirish;
  •  Respublika bo'ylab mahsulotlarni sotish, to'g'ridan-to'g'ri sotish va tarqatishni rivojlantirishga yo'naltirilgan asosiy savdo tuzilmasini yaratish;
  •  Ommaviy marketing va PR kompaniyalar o’tkazilish va VIP personalarni jalb qilish;
  •  Potentsial xodimlar va hamfikrlar jamoasiga qo'shilganlar uchun jozibali ish beruvchi obrazini yaratish;
  •  O'rta muddat ichida O'zbekistonda "Premium aroq” bozorida  yetakchilik qilish.

Mahsulot portfelini yaratishda diversifikatsiya printsipi asosga olingan. U barcha narx segmantlarini qamrab olgan holda ultra-premium TM "PREMIUM Uzbekistan"dan byudjetga to’g’ri keladigan narxli maxsulotlarni qamrab oladi va iste'molchilar xohishini inobatga olib barqaror sotilishini ta'minlaydi. Taklif etilayotgan portfel hajmi - 1,0 litrdan 0,1 litrgacha va iste'molchilarning turlari bo'yicha: "aroq sovg'a sifatida" - "uyda iste'mol qilish uchun aroq" muvozanatlangan.

LAZ "PREMIUM Uzbekistan" zavodida avtomatlashtirilgan aroq ishlab chiqarish to'liq jarayoni:

  1. Eng sifatli "Lyuks" va "Alfa" spirti spirtni saqlash joyidan ishlab chiqarish liniyasiga yetkazib beriladi.
  2. Olingan spirtdan va o'zimizning artezian qudug'idan olingan eng toza suvdan 40% aroq olish maqsadida suv-spirtli eritma tayyorlanadi.
  3. Olingan eritma ko'mirli-tozalash va kumushli filtrlariga  yuboriladi, shundan so'ng idishlab chiqarish bo`limiga yuboriladi.
  4. Tayyorlash bo’limida eritmaga qo’shimcha ingrediyent va spirtli aromatizatorlari aralashtiriladi.
  5. Tayyor spirtli ichimlik quyish bo’limida nazorat filtratsiyasidan  o’tib shisha idishlariga quyiladi.
  6. Avtomatlashtirilgan qadoqlash  bo’limida, shisha idishlarini qadoqlab, tekshirish bo’limiga jo’natiladi.
  7. Shishalar tekshiruvdan o’tkazilgandan so’ng etiketkalar va aktsiz markalarni urish avtomatiga jonatiladi.
  8. Keyingi bosqichda tayyor shishalar joylashtirish avtomatiga yuborilib, qutiga to’siqlar bilan joylashtiriladi.
  9. Savdo-sotuvga tayyor maxsulot omborxonasiga joylashtiriladi.

Чтобы продолжить, подтвердите что вам уже исполнилось 21 год